05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Voqea-hodisalar
27 Aprel  2020 450

Yangi da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

Doxa va Ar-Riyod XXI Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga da’vogarlik qilmoqda.

Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) 2030-yilda Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish uchun yana ikkita buyurtma olganligini e'lon qildi.

Qatarning Doxa va Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shaharlari 2030-yil bo‘lib o‘tadigan XXI Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish to‘g‘risida rasmiy buyurtma berishdi. Ushbu mamlakatlar mazkur buyurtma orqali Osiyo o‘yinlarini qabul qilishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Bu o‘rinda 2006-yilda Doxada XV Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tganligini, ammo Saudiya Arabistonida OOKning rasmiy musobaqlari umuman o‘tkazilimaganlini eslab o‘tish mumkin.

Osiyo Olimpiya Kengashining prezidenti shayx Axmad al-Faxad as-Sabax o‘z bayonotida OOK 2030-yilgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish uchun ikkita yaxshi buyurtma olganligini ma’lum qiladi. Va shu o‘rinda bu Osiyoda Olimpiya harakatiga ishonch dalolati va OOKning jahon darajasida yirik ko‘lamda sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha obro‘yini yanada oshirishini e’tirof etadi. Ma’lumki, XIX Osiyo o‘yinlari 2022-yilda Xitoyning Xanchjou, XX Osiyo o‘yinlari 2026-yilda Yaponiyaning Ayti-Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

OOK 2020-yil 23-yanvarda barcha 45 ta Milliy Olimpiya qo‘mitalariga 2030-yildagi XXI Osiyo o‘yinlariga tender o‘tkazilishi ma'lum qilingan farmoyishni yuborgan edi. Bunda ana shu o‘yinlarga buyurtma berishning so‘nggi muddati 22-aprel qilib belgilangan.

XXI Osiyo o‘yinlari mezboni va tashkilotchisining tanlanishi Xitoyning Sane shahrida VI Osiyo sohil o‘yinlari arafasida – 2020-yil 29-noyabrda bo‘lib o‘tadigan OOKning Bosh Assambleyasida hal etilishi kutilmoqda.

Avvalgi Osiyo o‘yinlari quyidagi shaharlarda bo‘lib o‘tgan: 1951, Nyu-Deli, Hindiston; 1954, Manila, Filippin; 1958, Tokio, Yaponiya; 1962, Jakarta, Indoneziya; 1966, Bangkok, Tailand; 1970, Bangkok, Tailand; 1974, Tehron, Eron; 1978, Bangkok, Tailand; 1982, Nyu-Deli, Hindiston; 1986, Seul, Koreya; 1990, Pekin, Xitoy; 1994, Xirosima, Yaponiya; 1998, Bangkok, Tailand; 2002, Pusan, Koreya; 2006, Doxa, Qatar; 2010, Guanchjou, Xitoy; 2014, Inchxon, Koreya; 2018, Jakarta-Palembang, Indoneziya.

Eslatib o‘tamiz, 2030-yilgi Osiyo o‘yinlarini qabul qilish uchun O‘zbekiston, Filippin va Hindiston davlatlari ham da’vogarlik qilishmoqda, deb xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech