19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36 °C

Sport
21 Aprel  2019 818

Diyora Keldiyorova Osiyo-Okeaniya chempioni

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining ayollar o‘rtasidagi -52 kg vazn toifasi bahslari yakunlandi.

Ushbu vazn toifasi finalida hamyurtimiz Diyora Keldiyorova mo‘g‘ulistonlik Sosorbaram Lxagvasurenga qarshi tatamiga chiqib raqibiga hyech qanday imkoniyat qoldirmadi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi, deb xabar bermoqda MOQ matmuot xizmati.

Xususan, hamyurtimiz ushbu bahsga qadar avstraliyalik Kimberley Chalmers, koreyalik Da Sol Park, KXDR vakilasi Sim Song Rim kabi raqiblarini ham mag‘lub etishning uddasidan chiqqandi.

Qayd etish lozim, Keldiyorova ushbu g‘alabasi bilan 2020 yilda o‘tadigan Tokio olimpiadasi uchun o‘z hisobiga 350 reyting ochkolarini qo‘shib qo‘ydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech