21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,2 °C

Mamlakatimizda
6 Sentyabr  2019 503

Diniy-ma'rifiy soha faoliyati takomillashtiriladi

Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4436-son, 04.09.2019 y.).

Qarorga muvofiq jamiyatda vijdon erkinligi kafolatlari va diniy-ma'rifiy muhit barqarorligini ta'minlash bo‘yicha soha uchun mas'ul organlarning mustahkam va doimiy hamkorligini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etiladi.

Din sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, vazifalari va prinsiplarini keng jamoatchilikka tushuntirish, vijdon erkinligi kafolatlari buzilishi holatlariga nisbatan tezkor choralar ko‘rish yangi tizim doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning yangilangan asosiy vazifalari belgilandi.

Qo‘mita vijdon erkinligi va din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, dinning asl insonparvarlik mohiyatini targ‘ib etish maqsadida barcha davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga bu boradagi faoliyatni amalga oshirishda ko‘maklashadi.

Qarorga ko‘ra, sud tomonidan ekstremistik yoki terroristik deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan tashkilotlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlar ro‘yxati Adliya vazirligi va Oliy sud rasmiy veb-saytlarida va boshqa OAVlarda e'lon qilib, yangilab boriladi.

“Huquqiy axborot” kanali

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech