20 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,4 °C

Xavfsizlik
25 Aprel  2019 663

Departamentning soxta xodimlari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va Yuqorichirchiq tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida “A.B.” MChJ ish boshqaruvchisining arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini departament xodimi, deb tanishtirgan firibgarlar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

Aslida “K.I.” MChJda haydovchi bo‘lib ishlovchi fuqaro R.N. “M” kafesiga ovqatlanish maqsadida kirib, taomlarni sifatidan noroziligi va kafega kelgan mijozlarga nazorat kassa mashinasi cheki berilmayotganligini vaj qilgan va o‘zini “Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimi Rustam” deb tanishtirib, g‘aznada turgan nazorat kassa mashinasi hamda kafega tegishli bo‘lgan tibbiy daftarchani olib qo‘ygan.

Firibgar ushbu holatlar yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirmaslik va jarimaga tortmaslik evaziga o‘zining jinoiy sherigi, hech qaerda ishlamaydigan fuqaro A.R. orqali 1 mln. so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.N. va A.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, agarda Siz yuqoridagi kabi holatlarga duch kelsangiz yoki sizga noma'lum shaxslar o‘zini departament xodimi deya tanishtirib, ta'magirlik qilayotgan bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qisqa raqamli 10-07 yoki Departamentning 71-233-10-07 raqamli tunu-kun ishlovchi ishonch telefonlariga murojaat etishingizni so‘raymiz!”, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech