20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Xavfsizlik
20 May  2019 694

Departament xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan korxona rahbariga chora ko‘riladigan bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim inspektori D.A.ning bildirgisiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda unga pora bermoqchi bo‘lganlar ushlandi, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

Gap shundaki, “T.Q.S” ShK rahbari T.M. o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan korxonaning 353,6 mln. so‘mlik va o‘g‘li E.M.ga tegishli “D.Q.S” MChJ faoliyatida yo‘l qo‘yilgan 560,6 mln. so‘mlik juda ko‘p miqdordagi soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlanganligi holati bo‘yicha ularga chora ko‘rmaslik va yengillik berish evaziga D.A.ning xizmat xonasida, unga 2000 AQSh dollarini pora tariqasida bergan paytida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan “T.Q.S” ShK rahbari T.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech