30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,3 °C

Madaniyat
21 Yanvar  2020 856

Demokratiyadan ochiq dars

Ajnabiy bu so‘zlar emas notanish,
Hyech o‘ylab ko‘rdingmi, xo‘sh, shoir, sen ayt,
Senator bu o‘zi nima degani,
Nima deganidir aslida senat?

 

Millatning baayni ikki qanoti,
Hayot yo‘llarida hamroh va mador.
Yuqori va quyi palata oti,
Oliy Majlis degan maqomoti bor. 

Deputat qonunga jon etsa ato,
Senator ruh berib, amalga yo‘llar.
Talqin yo tabdilda uchrasa xato,
Qaytadan yana bahs –  “qamal”ga yo‘llar. 

Bugun yig‘ilishda bo‘lsa saroyda,
Ertaga qishloqda eng muhim ishi –
Senator go‘yoki sel kelgan joyda,
Ko‘ksi bilan to‘sa olguvchi kishi. 

Har talab va me'yor donishlarga xos,
Har so‘zi millatning sha'nidan bunyod,
Qonunlar yaralsin el o‘yiga mos,
Toki o‘zgarmasin turguncha dunyo. 

Chiroyga yarashiq ko‘z ila qoshday,
Matnida o‘zbegim imlosi ziynat.
Osmon daftarining muhri quyoshday,
Yurt muhri, Prezident imzosi ziynat. 

Uzunning qiyosda bilinar bo‘yi,
Magar nisbat berib aytsak, senat – or,
Hamiyat maskani, ulusning uyi,
Xalq vijdoni bo‘lmoq kerak senator!                

Sa’dulla Hakim

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech