13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Voqea-hodisalar
16 Oktyabr  2019 592

Dehlidan Moskvaga parvoz qilayotgan samolyot majburan Toshkentda qo‘ndi

Moskvaga parvozni amalga oshirayotgan A-330 «Aeroflot» samolyoti o‘zini juda yomon his qilgan yo‘lovchi sabab bugun ertalab Toshkent aeroportiga majburan qo‘ndi, deya xabar beradi RAA «Novosti».

«Mahalliy vaqt bilan ertalabki 07:19 da Dehli-Moskva reysini amalga oshirayotgan «Aeroflot» samolyoti yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Toshkentga majburiy qo‘ndi», deydi aeroport vakili.

Aytishicha, samolyotni tibbiy guruh kutib olgan va yo‘lovchini kasalxonaga yetkazish choralari ko‘rilgan.

«Samolyot Moskvaga yana parvozini davom ettiradi», deya qo‘shimcha qilgan u.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech