13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Voqea-hodisalar
1 Noyabr  2019 425

Dehli aeroportida geksogenli xalta topildi

Hindistondagi Indira Gandi nomidagi Dehli xalqaro aeroportida havo kuchlari xavfsizligi idoralari tomonidan kuchli portlovchi modda - geksogen to‘ldirilgan xalta topilgandan so‘ng xavfsizlik choralari kuchaytirildi, deya xabar beradi RAA «Novosti».

Ma'lumotga ko‘ra, shubhali yuk erta tongda xalqaro terminaldan chiqish eshigi yaqinida yo‘lovchilardan biri tomonidan topilgan. Aeroport qo‘riqlash xizmati shundan so‘ng terminal binosining barcha kirish-chiqish eshiklarini to‘sib qo‘ygan, bu esa terminal ichidagi odamlar orasida vahima uyg‘otgan.

Tekshirish vaqtida havo portiga kirishlar ham to‘sib qo‘yilgan. Ko‘p o‘tmay, hodisa joyiga sapyorlar va kinologlar guruhi yetib kelgan va dastlabki tekshiruv natijasida xaltada portlovchi modda mavjudligini aniqlashgan. Xalta zudlikda laboratoriyaga yuborildi va batafsil tahlil natijasi 24 soatdan so‘ng tayyor bo‘ladi.

Kuzatuv kameralaridan olingan yozuvlar kuchishlatar tizim vakillariga xavfli yuk egasini aniqlashga hozircha yordam bergani yo‘q, ammo bu borada ishlar davom ettirilmoqda. Shu bilan birga Dehli xalqaro aeroportida xavfsizlik va nazorat choralari terroristik hujum ehtimoli sabab sezilarli darajada kuchaytirildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech