23 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35 °C

Mamlakatimizda
14 Yanvar  2019 1283

Davlat xaridlarida qonunga rioya qilish boshqaruv organlariga yuklanadi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘p bo‘lgan yuridik shaxslar har yili 1 dekabrgacha kelgusi yilda joriy xo‘jalik faoliyati uchun moddiy-texnik resurslar ro‘yxatini davlat xaridlari saytida majburiy e’lon qiladi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

2020-yil 1-yanvardan davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish uchun javobgarlik boshqaruv organlariga yuklanadi hamda davlat xaridlari bo‘yicha topshiriqlar va import kontraktlari “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi”da ekspertizadan o‘tkazilmaydi.

2019-yil 1-fevraldan davlat xaridlari bo‘yicha texnik topshiriqlar ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga taqdim etiladi.

Kontraktlar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar Markazda majburiy ekspertiza va ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.

Qarorga muvofiq, kompleks ekspertizadan o‘tkazganlik uchun davlat buyurtmachisi tomonidan belgilangan qiymatning 0,1 foizi, lekin eng kam oylik ish haqining 100 barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lov undiriladi.

Shuningdek, qaror bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, vazirlik mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish sohasida davlat siyosatini, shuningdek investitsiya siyosatining strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech