23 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,8 °C

Salomatlik
31 Yanvar  2020 4019

Davlat turizm qo‘mitasi koronavirus bilan bog‘liq tavsiyalarni berdi

O‘zbekiston aholisining sanitar-ekologik xavfsizligini ta’minlash maqsadida hukumat tomonidan koronavirusning davlatimizga kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmoqda. Shu sababli Davlat turizm qo‘mitasi mamlakatimizning sayyohlik operatorlari va agentlariga quyidagi tavsiyalarni berdi:

- epidemiologik vaziyat muvofiqlashtirilguniga qadar Xitoy davlatiga sayyohlik turlarini sotishni to‘xtatish;

- Xitoyga sotib olingan yoki sotilgan turlarni sanitariya vaziyati yaxshi bo‘lgan boshqa davlatlarga almashtirish;

- qonunchilikda belgilangan tartibda sayyohlarni ular yo‘l olgan davlatdagi epidemiologik vaziyatdan xabardor qilish.

O‘zbekiston hududidagi sayyohning salomatligi yomonlashganda mehmonxona va sayyohlik operatorlari (agentlari) eng yaqin tibbiyot muassasasi va Sanitariya-epidemologik osoyishtalik agentligiga +998 71 276-46-65, +998 71 246-49-66 telefon raqamlari orqali xabar berishlari hamda:

- kasallikning ilk belgilaridayoq bemorga nafas organlarini himoya qilish vositalarini (niqob) berishlari;

 – 103 telefon raqami orqali tez tibbiy yordamni chaqirishlari shart.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech