27 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,5 °C

Mamlakatimizda
22 Oktyabr  2019 1944

“Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahriri ishlab chiqiladi

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqyeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident Farmoni (21.10.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Farmonga muvofiq, 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e'lon qilindi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.

Departamentning asosiy vazifalaridan biri davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratini joriy etishdan iborat.

Farmonga ko‘ra, “Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahriri ishlab chiqiladi, shuningdek, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste'molga kiritish bo‘yicha Atamalar komissiyasi tashkil etiladi.

Shu bilan birga, 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi ishlab chiqiladi.

Bunda, davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish kabi yo‘nalishlar qamrab olinadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech