24 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,1 °C

Sport
4 Fevral  2019 1123

Davlat ta’lim muassasalarining sport zallarida pulli to‘garaklar tashkil etiladi

Davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklari tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-fevraldan boshlab:

  • jismoniy tarbiya soatlaridan bo‘sh vaqtlarida sport inshootlarida trenerlar tomonidan aholiga, shu jumladan, o‘quvchi-yoshlar va talabalarga ko‘rsatiladigan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport xizmatlari pullik asosda amalga oshiriladi;
  • davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida trenerlar tomonidan ko‘rsatilagn pullik xizmatlar uchun tushgan to‘lovning 20 foizi kommunal xizmatlar xarajatlariga yo‘naltiriladi, qolgan qismi davlat ta’lim muassasasi va trenerlar o‘rtasida teng miqdorda taqsimlanadi.

Qaror bilan Davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklari tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, shug‘ullanuvchilar tomonidan  sport to‘garaklariga qatnashish uchun ta’lim muassasasi rahbariga ariza va boshqa tegishli hujjatlar taqdim etiladi.

Arizalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuziladi va ular tomonidan shug‘ullanuvchilarning layoqati aniqlanadi.

Shunga ko‘ra, ta’lim muassasasi rahbari va shug‘ullanuvchilar o‘rtasida sport to‘garagiga qatnashish bo‘yicha belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.

Pullik xizmat ko‘rsatganlik uchun to‘lov miqdori trener tomonidan ta’lim muassasasi rahbariyati bilan kelishilgan holda belgilanadi.

To‘lovlar har oyda kelgusi oyning 10-sanasidan kechikmasdan amalga oshiriladi.

Kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan shug‘ullanuvchilar pullik xizmat ko‘rsatilganligi uchun belgilangan to‘lovlarni imtiyozli ravishda 50 foiz miqdorida amalga oshiradi. Bunda oilaning kam ta’minlanganligi to‘g‘risida mahalla tomonidan beriladigan ma’lumotnoma ta’lim muassasasi rahbariga taqdim etiladi.

Bir oiladan ikki yoki undan ortiq farzand ishtirok etgan taqdirda, pullik xizmat ko‘rsatilganligi uchun belgilangan to‘lovlarni imtiyozli ravishda har biri uchun 70 foiz miqdorida amalga oshiriladi.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech