22 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Xavfsizlik
28 Oktyabr  2019 1241

Davlat bojxona qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videolavhaga munosabat bildirdi

Davlat bojxona qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan Toshkent xalqaro aeroportida xizmatni o‘tayotgan bojxona xizmati xodimlari tomonidan fuqaro A.Sh.ga tegishli dori vositalarini go‘yoki noqonuniy ravishda olib qo‘yilganligiga doir videolavha yuzasidan munosabat bildirdi.

Toshkent xalqaro aeroportida xizmatni o‘tayotgan bojxona xodimlari faoliyati to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videolavhadagi holat o‘rganilganida, joriy yilning 22-oktabr kuni “Dehli-Toshkent” reysi yo‘nalishi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro A.Sh. qisqa fursatda bojxona nazoratidan o‘tish maqsadida «yashil» yo‘lak orqali harakatlanganligi ma'lum bo‘ldi.

Ammo, yo‘lovchining qo‘l yuklari va yo‘l sumkalari nazorat tartibida zamonaviy skaner qurilmalari yordamida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan va yo‘lovchi tomonidan taqdim qilingan shifokor retseptida ko‘rsatilmagan  11 turdagi dori vositalari borligi aniqlangan.

Ushbu dorilarning ichki bozordagi narxlari o‘rganilganda ularning umumiy o‘rtacha narxi bir necha o‘n million so‘mni tashkil etishi ma'lum bo‘ldi.  

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.Sh. tomonidan berilgan tushuntirishda mazkur dori vositalarini u “Dehli” xalqaro aeroportidagi notanish ayolning iltimosiga ko‘ra O‘zbekistonga olib kelayotganligini ma'lum qilgan.

Videomurojaatda esa, fuqaro “jigar sirrozi” bilan og‘riganligi sababli ushbu dori vositalarini olib o‘tganligini ma'lum qilgan. Vaholanki, yuqorida sanab o‘tilgan dori vositalarining aksariyati ushbu kasallikni davolashga mo‘ljallanmagan.

Bojxona ko‘rigidan so‘ng fuqaro A.Sh.ga shifokor retseptida ko‘rsatilgan barcha dori vositalari hyech bir moneliksiz qaytarilgan.

Ta'kidlash joizki, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyundagi 191-sonli qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslar yashash yoki bo‘lish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etmasdan shaxsiy foydalanish uchun har biri 5 o‘ramdan ortiq bo‘lmagan, turli nomdagi 10 tagacha dori vositalarini olib kirishlari mumkin.

Agarda dori vositalarini ushbu miqdordan ortiq olib kirish va olib chiqish zaruriyati tug‘ilsa, jismoniy shaxslar bojxona organlariga bo‘lish yoki yashash mamlakatining tibbiyot muassasasidan uning shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan dori vositasining nomini, uning dorivor shaklini va davolash kursiga tavsiya qilingan miqdorini ko‘rsatgan holda muayyan jismoniy shaxsga berilgan hujjatni taqdim etadilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech