19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +42,4 °C

Mamlakatimizda
15 Yanvar  2019 2420

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyati tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Davlat raqobat qo‘mitasi hamda “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” DUKning barcha huquqlari va majburiyatlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Agentlik o‘z vakolatlarini mustaqil ravishda olib boradi hamda o‘z faoliyatida bevosita Bosh vazir va Prezidentga bo‘ysunadi va hisobot beradi.

Agentlik direktori, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari Bosh vazir taqdimnomasiga asosan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda vazir, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

2019-yil 1-apreldan xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi tarkibi va ijroiya organi a’zolarini normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlash bekor qilinadi.

Xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibi davlat organlari bilan kelishilmasdan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlanadi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech