23 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +40,2 °C

Moliya
23 Yanvar  2019 2010

Markaziy bank mamlakatning oltin-valyuta zaxirasi haqidagi ma’lumotni ma’lum qildi

2018-yilda O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi tushishi kuzatilgandan so‘ng yana ko‘tarilish qayd etildi.

Oltin-valyuta zaxirasi valyuta aktivlari va quyma hamda tanga oltinlardan tashkil topadi. Bundan tashqari, samarali boshqarish uchun Markaziy bank tomonidan yalpi hamda sof oltin-valyuta zaxirasi bo‘yicha alohida hisob yuritiladi.

Joriy yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, sof OVZ 26,394 milliard dollarni tashkil etdi va 2018-yilning 1-dekariga qaraganda 1,1 milliardga oshdi, deya xabar qiladi MB.

Eslatib o‘tamiz, sof OVZda tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi va Tiklanish va taraqqiyot fondidan tashqari) MBdagi valyuta vositalari hisobga olinmaydi. Bu bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyati hisoblanadi.

Mamlakatning yalpi oltin-valyuta zaxiralari 27,081 milliard dollarni (12,44 milliard dollar xorijiy valyutadagi aktivlar, 14,64 milliard dollar esa quyma va tanga oltinlar) tashkil etdi.

Oltin-valyuta zaxiralari hisobi Xalqaro valyuta fondi (XVF) standartlariga mos usulda olib boriladi.

MBning ma’lumot berishicha, 2018-yilning yanvar-dekabr oylarida zaxiralarning pasayib ketishiga oltin troya unsiyasi (31,1035 gramm) narxining 1296,50 dan 1281,65 dollarga tushib ketgani ham qisman sabab bo‘lgan.

O‘z axborotimiz.

inzoloto.ru surati

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech