19 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Dolzarb
3 Yanvar  2019 956

Daniyada temir yo‘l hodisasi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

2-yanvar kuni Daniyada yuz bergan temir yo‘l hodisasi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 8 kishi jabrlangan.

Xabarda yozilishicha, baxtsiz hodisa ertalab Daniyaning ikki yirik ─ Zelandiya va Fyun orollarini tutashtiruvchi Katta Belt ko‘prigida yuz bergan.

Ko‘prikda harakatlanayotgan alkogol mahsulotlari ortilgan yuk poezdi to‘satdan to‘xtashi oqibatida undagi yuklar mamlakat poytaxti Kopengagen tomon harakatlanayotgan yo‘lovchi poezdiga uchib tushgan. 

Oqibatda Katta Belt ko‘prigida poezd va avtomobillar harakati to‘xtatib qo‘yilgan. Hududda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech