22 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,9 °C

Xavfsizlik
21 Fevral  2019 3204

“Damas”ga ortilgan changyutgichlar manziliga yetib borolmadi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida qonunbuzarlik holatiga chek qo‘yishdi.

 

Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, fuqaro I.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi “Jalaquduq-Andijon” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda tegishli tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilgan. Avtomashina salonida xorijda ishlab chiqarilgan, yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan qiymati salkam 31 million so‘mlik 51 dona changyutkich borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech