21 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Urbanizatsiya
7 Iyun  2019 3802

Qariyb 51 million AQSh dollari va ikkita tumanda ichimlik suvi ta'minoti yaxshilanadi

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 23 maydagi qarori ichimlik suvi bilan bog‘liq mavjud ahvolni o‘nglashga qaratilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, kelgusida Koson va Muborak tumanlari markazlari hamda Kitob-Shahrisabz yerosti suv konidan suv olish quvuriga yaqin bo‘lgan qishloq aholi punktlarining suv ta'minoti tizimini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshiriladi. Bu borada Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi va OPeK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlik qilinadi. Birinchi tashkilot ushbu loyihani moliyalashtirishga 26,6 million, ikkinchisi esa 16,25 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratadi.

O‘z navbatida O‘zbekistonning hissasi soliq va bojxona imtiyozlari ko‘rinishida 8,1 million AQSh dollari ekvivalentini tashkil etishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shu tariqa umumiy qiymati 50,95 million AQSh dollariga baholangan loyiha 5 yillik muddat - 2019-2023 yillarda ro‘yobga chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda.

Ta'kidlash joiz, hukumat qarori bilan mazkur loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari tasdiqlangan. Ma'lum bo‘lishicha, sarf-xarajatlarning katta qismi qurilish-montaj ishlarini bajarish, buning uchun zarur tovarlar xarid qilishga ketadi. Mashina va mexanizmlar sotib olishga ham salmoqli mablag‘ ajratiladi.

Tegishli chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi Muborak va Koson tumanlari aholisi va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashni yanada yaxshilashga imkon berishi lozim.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech