11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,4 °C

Salomatlik
24 Iyul  2020 1342

COVID-19ga qarshi kurashda koʻmak berish uchun yurtimizga turk mutaxassislari konsultant sifatida kelishdi

Prezidentimiz topshirigʻiga asosan yurtimizdagi COVID-19ga qarshi kurash markaziy shtabiga koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish boʻyicha konsultantlari sifatida turk mutaxassislari tashrif buyurdilar.

Ular orasida Turkiya sogʻliqni saqlash vazirligi ilmiy kengashi aʼzosi, yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassis, professor Rejep Oztyurk, Xasettepe universiteti ilmiy kengashi aʼzosi, jamoatchilik salomatligi boʻyicha mutaxassis, professor Levent Akin va Anqara shahar shifoxonasining yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassisi, professor Xatitse Raxmet Gyuner bor.

Bugun yurtimiz Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov konsultantlarni qabul qildi va mamlakatimizda COVID-19ga qarshi olib borilayotgan choralar haqida batafsil gapirib berdi.

Uchrashuv ishtirokchilari yangi koronavirus infeksiyasini profilaktikasi va davolashning amaliy jihatlari, ushbu sohadagi hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qilishdi. Tadbirda sogʻliqni saqlash sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning tafsilotlari ham muhokama qilindi.

Turkiya mutaxassislari bilan sogʻliqni saqlash sohasida keng hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani taʼkidlandi. Bunda taʼlim sohasidan tortib, ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari oʻrtasidagi tajriba almashuv, murakkab jarrohlik amaliyotlarini birgalikda oʻtkazish, tibbiy jihozlar bilan taʼminlashgacha yoʻnalishlar qamrab olingan.

Tomonlar turli yoshdagi bemorlarda COVID-19 kasalligi, yangi turdagi koronavirus infeksiyasining xarakterli belgilari, ushbu kasallikning oʻziga xos belgilari, diagnostika usullari, davolash protokollari, sogʻaygan bemorlarni kuzatish va boshqa mavzularni muhokama qildilar. Reanimatsiya boʻlimlarida oʻta ogʻir bemorlarni davolashning soʻnggi usullariga alohida eʼtibor qaratilayotgani aytildi.

COVID-19 global muammosining inqirozli koʻrinishlarini oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, oldingi saflarda xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlarini ragʻbatlantirish hamda kasalligi gumonlanganlarni karantinga olish va bemorlarni davolash tadbirlari butunlay davlat tomonidan qoplanishi boʻyicha Oʻzbekiston rahbariyati tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Turkiya vakillarida katta qiziqish uygʻotdi.

Tashrif davomida turk mutaxassislari tibbiyot muassasalari, jumladan birlamchi tibbiyot muassasalari va Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilgan koʻp tarmoqli maxsus shifoxona ish faoliyati, kasallangan bemorlarni davolash bayonlari, yurtimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bogʻliq boʻlgan epidemiologik vaziyatni batafsil oʻrganib chiqadilar, ilmiy-amaliy tadbirlarda ishtirok etadilar hamda yurtimizning turli hududlarida davolanayotgan ahvoli oʻta ogʻir bemorlarning holatini yaxshilash maqsadida onlayn videokonferensiyalar oʻtkazadilar.

Shuningdek, Turkiya Respublikasining COVID-19ga qarshi kurashda ijobiy tajribalarini Oʻzbekistonda qoʻllash imkoniyati koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech