29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Dolzarb
18 May  2020 353

Yer yuzida COVID-19: pasayishlar va jadallashishlar

The Guardianda tarqatilgan xabarga koʻra, 120 dan ortiq mamlakat Avstraliyaning koronavirus tarqalishi sabablari boʻyicha mustaqil tekshiruv oʻtkazish chaqiriqlarini qoʻllab-quvvatlagan.

Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston vakillari Samara viloyati chegara zonasida toʻplangan muhojirlar muammosini hal qilish uchun komissiya tarkibiga qoʻshilishdi, deb xabar beradi Interfaks.

Forbes da xabar berishicha, Robert Kox nomidagi institut mutaxassislari aeroportlarda majburiy tana harorati skrining tekshiruvini samarasiz deyishmoqda, chunki infeksiya yuqtirganlarning aksariyatida tana harorati oshishi kuzatilmaydi. Shuningdek, tana haroratini oʻlchash qoʻshimcha moliyaviy xarajatlarni va asossiz vaqt sarflanishini keltirib chiqaradi.

XXR yetakchi infeksionisti Chjun Nanshan Xitoyda infeksiya yuqtirishning ikkinchi toʻlqini paydo boʻlishidan ogohlantirdi, deb xabar beradi DW axborot manbai.

Hindistonda umummilliy izolyatsiya 31-mayga qadar uzaytirildi. Mamlakatda infeksiya yuqtirganlar soni 90 mingdan oshib ketdi, deb xabar beradi Al Jazeera.

“Emirates Group” 30 mingga yaqin ish oʻrnini qisqartirishni koʻrib chiqmoqda va bu dunyo aviakompaniyalari sohasidagi eng katta ish oʻrnini qisqartirish hisoblanadi. Bu haqda Bloomberg xabar beradi.

Fox Business ning xabar berishicha, AQSH Federal zaxira tizimi mamlakat iqtisodiyotining toʻliq tiklanishi faqat COVID-19 ga qarshi vaksina paydo boʻlgandan soʻng, 2021-yil oxirigacha choʻzilishi mumkinligini taxmin qilmoqda. AQSHda ishsizlar soni 25 foizga yetdi.

Times of israel tarqatgan xabarda Isroilda 17-maydan boshlab maktablar faoliyati tiklangani maʼlum qilingan. Hukumatning taʼkidlashicha, bu iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur chora boʻlib, bu orqali ota-onalar oʻz ishlariga qaytishlari mumkin. Shu bilan birga, ota-onalar har kuni bolalarini darsga joʻnatishdan avval tana haroratini oʻlchashlari, 4-va undan yuqori sinf oʻquvchilari esa himoya niqoblarini taqishlari shart.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech