04 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,3 °C

Xavfsizlik
10 Mart  2020 3546

«Tashkent Law Spring» II Xalqaro yuridik forumi qoldirildi

Joriy yilning 23-25 aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan «Tashkent Law Spring» II Xalqaro yuridik forumi keyinga qoldirildi.

Bunday qaror Forum qatnashchilari, shu jumladan xorijiy mehmonlar va yurtimiz fuqarolari orasida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish maqsadida qabul qilindi.

Tashkiliy qo‘mita ilgari ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarni Forum qoldirilgani haqida xabardor qilish bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi, shuningdek, forumning o‘tkaziladigan aniq sanalarini qo‘shimcha ravishda keyinroq e'lon qiladi.

E’tibor bering! Forumning keyinga qoldirilishi ilgari e’lon qilingan «Eng yaxshi yuridik xizmat», «Eng yaxshi advokatlik tuzilmasi» respublika tanlovlari o‘tkazilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Forum haqida batafsil ma’lumotlarni http://tashkentlawspring.uz sayti yoki (+99871) 268-28-41, (+99871) 268-28-43 telefon raqamlari orqali olish mumkin.

«Tashkent Law Spring» II Xalqaro yuridik forumi Tashkiliy qo‘mitasi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech