05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,3 °C

Xavfsizlik
18 Mart  2020 4351

Koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 13 nafarga yetdi

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Istanbuldan kelgan O‘zbekiston fuqarosi va Londonda bo‘lib qaytgan yana bir fuqaromizning turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Har ikki fuqaro ham qat'iy tibbiy nazoratda bo‘lgan. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 13 nafarga yetdi. Bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli bo‘lib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech