23 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13 °C

Biznes
10 Iyul  2020 908

“Coca-cola” davlat ulushi xususiy investorga sotiladi

“Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd” ustav kapitalidagi davlat ulushi xususiy investorga sotiladi.

 

Mazkur qaror oziq-ovqat sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, chet el investitsiyalarini jalb qilib, sohaga zamonaviy ishlab chiqarish va boshqaruv texnologiyalarini joriy etish maqsadida qabul qilindi.

Ushbu jarayonda investorlar bilan ishlashni tashkil qilish, shuningdek, davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida dunyoning yetakchi banklaridan moliyaviy maslahatchi sifatida JP Morgan, Rothschild & Co, Credit Suisse banklari orasidan biri tanlanadi.

JPMorgan Chase — Amerika moliyaviy xolding kompaniyasi. AQSHdagi “Katta Toʻrtlik” banklaridan biri sanaladi. 2003-yildan hozirgi kungacha aynan Coca-Cola brendi bilan bogʻliq 15 ta yirik (miqdori 448 million 6 milliard AQSH dollarigacha) kelishuvlarda ishtirok etgan.

Credit Suisse Shveysariyaning ikkinchi yirik moliyaviy konglomerati boʻlib, 7 ta boʻlinmadan iborat. Ushbu bank ichimliklarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan ishlash boʻyicha shubhasiz dunyo yetakchilaridan biri boʻlib hisoblanadi. Bank moliyaviy maslahatchi sifatida Coca-Cola kompaniyasining butun dunyo boʻylab qator muhim bitimlarida ishtirok etgan.

Rothschild & Co xalqaro moliyaviy xolding kompaniyasidir. Soʻnggi 8 yil mobaynida, bank Coca-Cola guruhi bilan bogʻliq 10 dan ortiq bitimlarda maslahatchi sifatida qatnashgan. Shu jumladan, “Costa Coffeni sotib olish boʻyicha 2018-yilda 5,1 milliard AQSH dollari miqdoridagi kelishuv boʻyicha bank tomonidan maslahat xizmatlari koʻrsatilgan.

Shuningdek, “Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd” ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish jarayonini umumiy muvofiqlashtirish, shu jumladan birinchi bosqichda kompaniyani baholash (due diligence), sotish strategiyasini ishlab chiqish, biznes plan va moliyaviy model tayyorlash vazifalari qoʻyiladi. Ikkinchi bosqichda salohiyatli investorlarni aniqlash uchun raqobat jarayonini tashkil qilish, munozaralarda ishtirok etish, eng yaxshi taklifni tanlash boʻyicha maslahat berish, sotish hujjatlarini tayyorlash va imzolashni tashkil qilish xizmatlarini taqdim etadilar.

Bunday yondashuv xususiylashtirish savdosini shaffof va samarali oʻtkazib, kelgusida xususiylashtirishga investorlarni jalb qilish uchun namuna, yoki benchmark boʻladi. Ushbu jarayondan asosiy maqsad — kompaniyani modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarni jalb qilish, korporativ boshqaruvni yaxshilash orqali kompaniyaning samaradorligini oshirish imkonini beradi, deb xabar beradi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech