11 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Ta'lim
27 May  2020 830

Maktab darsliklari qanday boʻlishi kerak?

Darsliklarni takomillashtirish keng jamoatchilik ishtirokida amalga oshiriladi.

Respublika taʼlim markazi tomonidan internet tarmogʻida @darslikka_taklif_bot telegram kanali ishga tushirilgan.Undan koʻzlangan maqsad — darsliklar boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish. Bu orqali darsliklarni takomillashtirishda, jamoatchilik fikri, ayniqsa ushbu darsliklar bilan ishlayotgan amaliyotchi oʻqituvchilar va ota-onalarning fikrini oʻrganish maqsad qilingan.

Mazkur telegram kanaliga bugungi kunda amalda boʻlgan barcha maktab darsliklari hamda joriy yilda yangidan yaratilayotgan va nashr etilayotgan darsliklarga 3 ta — oʻzbek, ingliz va rus tillarida taklif yuborish imkoniyati mavjud.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-martdagi “Noshirlik va matbaa sohasini yana-da rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4640-sonli qaroriga binoan, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni tayyorlash, nashr etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan, ularda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilishining oldini olish, davlat buyurtmasiga asosan tayyorlanadigan darsliklar va oʻquv-metodik majmualardan foydalanishga boʻlgan mutlaq huquqlar Xalq taʼlimi vazirligiga oʻtkazildi, deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi tomonidan darslik mualliflari va tegishli nashriyotlar bilan hamkorlikda oʻquvchilarni sifatli darsliklar bilan taʼminlash borasida tegishli ishlar olib borilmoqda. @darslikka_taklif_bot telegram kanali shu yoʻnalishdagi tadbirlarning biridir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech