29 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,5 °C

Agrosеktor
27 Iyun  2020 880

Chorvachilik sohasida tajriba almashinuv

Germaniyaning chorvachilik boʻyicha ilgʻor tajribasi oʻrganilmoqda.

Mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Oʻzbekiston yosh fermerlari kengashi va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan “AgroMentor” loyihasi doirasida “Qoramolchilikda sutchilik ishlari: Germaniya tajribasi” mavzusida vebinar tashkil etildi, deb xabar qiladi “Dunyo” AA.

Onlayn-tadbirda Germaniyaning Bavariya federal oʻlkasida faoliyat yurituvchi yirik fermer xoʻjaliklaridan biri boʻlgan “Wufka Gbr Milchviehbetrieb”da amaliyot oʻtayotgan vatandoshimiz Shahlo Ashirmetova oʻzining bilim va tajribasini sohaga yangi kirib kelayotgan yurtdoshlarimiz bilan oʻrtoqlashdi.

Zoom, Youtube va Facebook ijtimoiy tarmoqlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etilgan vebinarda 250 nafardan ziyod oʻzbekistonlik yosh fermer va chorvachilikka qiziqishi boʻlgan mutaxassislar qatnashdi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm va Buxoro viloyatlari vakillariga Yevropaning sutchilik yoʻnalishidagi ilgʻor tajribasi yetkazildi.

Ish jarayonidan olingan videotasvirlar bilan boyitilgan vebinar davomida Sh.Ashirmetova Germaniyada sutchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari faoliyati, zamonaviy texnologiyalar va uslublar, mamlakatimizda amaliyotga tatbiq etish mumkin boʻlgan yangiliklar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech