21 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,6 °C

Mamlakatimizda
31 Mart  2019 1217

Chirchiq davlat pedagogika institutida yangi yo‘nalishlar ochiladi

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Institut faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Unga muvofiq, o‘quv jarayoni takomillashtirilib xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlanadi.

Qaror bilan Institut faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Reja doirasida bitiruvchilar bandligini nazorat qilish maqsadida Institut veb-saytida elektron monitoring blogi yaratiladi. “Bo‘sh vaqtim – bilim va sport bilan birga” mavzusida sport musobaqalari tashkil etiladi. Institutda iqtisodiyot sohasida yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari ochiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech