23 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,8 °C

Xavfsizlik
15 Aprel  2020 747

Chipta haqiqiy emas

Qarshi shahrida joylashgan MChJning 33 yoshli ijrochi direktori, 32 yoshli ta'sischisi va 47 yoshli g‘aznachisi qaltis ishga qo‘l urdilar.

Ular 2020-yil 8-yanvar kunidan 15-fevral kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 38 nafar fuqaroni chuv tushirishgan.

Aniqlanishicha, shu davr ichida «Qarshi-Moskva», «Samarqand-Moskva» va «Toshkent-Moskva» yo‘nalishlari bo‘yicha avia reyslar uchun noqonuniy, ro‘yxatdan o‘tmagan chiptalar sotib, ushbu 38 nafar fuqaroning jami 75 284 476 so‘m miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘zlarining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlangan.

Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB Tergov bo‘limi tomonidan ushbu uchala fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a,b» bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech