16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,6 °C

Transport
25 Iyul  2019 460

Ko‘chki sabab Chimyonga qatnaydigan avtobuslar harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkent viloyati IIBB YHX boshqarmasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘iga olib boruvchi 4R 6 «Toshkent—Chirchiq—Chimyon» avtomobil yo‘lining 69-72 kilometrlari oralig‘ida «Uch terak» qishlog‘i hududida yo‘lning qatnov qismi tuproq ko‘chkisi natijasida jiddiy zarar ko‘rganligi sababli vaqtincha yopilpdigan bo‘ldi. 

Hozirda eski aylanma yo‘l orqali yengil avtomobillar harakatiga vaqtincha ruxsat etilgan.

Ushbu avtomobil yo‘lining Galavasoy, Uch terak, Chimyon va Navobod qishloqlaridan o‘tgan qismi avtobus va mikroavtobuslarning xavfsiz harakatlanishini ta'minlovchi omillar, ya'ni texnik vositalar bilan to‘liq jihozlanmaganligi sababli vaqtincha harakat cheklanadi.

Dam oluvchilar tomonidan buyurtma asosidagi M2 va M3 turkumidagi jamoat transportlari Bo‘stonliq tumani Chorbog‘ qo‘rg‘oni 4R 12 “Bektemir – Chirchiq – Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 74-kilometrigacha harakatlanishlari mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech