23 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,8 °C

Xavfsizlik
9 Iyul  2019 394

Chilonzorda sodir etilgan qotillik fosh etildi

7-iyul kuni fuqarolar Yu.M (1976 y.t., erkak) va A.G.lar (1991 y.t., erkak) Chilonzor tumani, 8-mavzeda joylashgan xonadonlarning biriga mehmonga borib, spirtli ichimliklar iste'mol qilishgan.

8-iyul kuni soat 06:00 larda o‘rtalarida kelib chiqqan janjal natijasida Yu.M. fuqaro A.G.ning ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan, deb xabar beradi bosh prokuratura matbuot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Yu.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yu.M. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech