26 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,9 °C

Mamlakatimizda
15 Fevral  2019 1151

Chilonzor tumanidagi vaqtinchalik qurilmalar va savdo rastalari tartibga keltirilmoq

Chilonzor tumanida joylashgan ko‘plab vaqtinchalik qurilmalar va savdo rastalari, savdo-sotiq ob’ektlari tartibga keltirilmoq, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Xbarda yozilishicha, endilikda barcha tadbirkorlar ish boshlab, buning uchun joy tanlayotganda va hujjatlar tayyorlayotganda shaharsozlikka oid talablar bilan tanishtiriladi.

Bu boradagi ishlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-fevraldagi  “Aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari qat'iy bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 41-sonli va Toshkent shahar hokimining 2009-yil 4-martdagi “Toshkent shahar hududida aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari qat’iy bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 115-sonli qarorlari yetarlicha asos bo‘lib xizmat qiladi.

 Shuningdek, aholi turar joylariga tutash holda barpo etilgan aksariyat qurilmalar oraliq masofasi nuqtai nazardan ham, tashqi ko‘rinishi va jihozlanishi bo‘yicha ham qurilish talablariga umuman javob bermasligi aytilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech