01 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,6 °C

Agrosеktor
8 Aprel  2020 445

Chigit zamonaviy seyalkalarda ekilmoqda

Hozir ekin ekish uchun ayni muhim palla. Shu bois chigit ekish mavsumi boshlanib ketgan. Albatta, ertangi hosildorlikni ta’minlash, urug‘ni obi-tobida ekib, undirib olishdan boshlanadi. Mutaxassislarning bildirishicha, chigit ekishni eng maqbul muddatini aniqlashda bahorning qanday kelishini inobatga olmaslikning iloji yo‘q. Biroq ushbu tadbirni 15-apreldan kechiktirmay amalga oshirish ham juda muhim. Bu yil bahorning salqin kelayotgani tufayli chigit ekish ishlari tugallash muddati biroz ortga surilishi mumkin. Shu bois yer egalar ob-havo imkoniyat berishi bilan ishni boshlashi va juda qisqa fursatda ekishni tugatishi lozim. 

Albatta, ezgu niyatda yerga urug‘ qadagan kattaqurg‘onlik paxtakorlarning joriy yil bahoridan ham yig‘ib olinadigan hosildorlikdan ham umidlari bisyor. Chunki bu yilgi chigit yangicha usulda ekilmoqda. 

Kattaqo‘rg‘on tumani paxtakorlari bu yil birinchi marotaba gektariga 179 ming dona urug‘ qadaydigan zamonaviy pnevma seyalkalarida chigit ekishni boshladi. Ular joriy 2020-yilda 10 ming 974 gektar maydonda paxta xomashyosi yetishtirishni reja qilgan. Tuman paxtakorlari ekiladigan urug‘lik chigitni to‘liq Germaniyada ishlab chiqarilgan dorilar bilan ishlov berib, gektariga 100 kilogramm kaliy, 200 kilogramm 46 foizli fosfor bilan ekishmoqda. 2020-yilgi chigit ekish tadbirlari tumandagi «Muhammad Sayfullaev» fermer xo‘jaligi dalalarida o‘tkazildi. 

– Yangi turdagi chigit ekishning afzalligi avvalgi usullardan tubdan farq qilib, odatiylaridan bir necha bor samarali va chigitni bexato ekilishi bilan ahamiyatlidir,  –  dedi tuman hokimi A’zamxon Bahromov. – Bu, albatta kuzda hosil sifati va salmog‘iga ham ta'sir etadi. «Muhammad Sayfullaev» fermer xo‘jaligi a’zolari 5-aprel kuni birinchilardan bo‘lib, 5-gektar maydonga zamonaviy pnevma seyalkalarda urug‘ni dorilab ekishdi. Hozir barcha hududlarda karantin joriy etilgan bo‘lsa-da, dehqon-fermerlarimiz xalqimizning ertangi rizq-ro‘zi uchun bugun daladagi yumushlarini ado etishmoqda. Dehqonning bugungi mehnatlari ertaga albatta samarasini beradi.    

Darhaqiqat, hozirda tumandagi barcha fermer xo‘jaliklarida zamonaviy pnevma seyalkalarda tuksizlantirilgan chigit ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Gulsum Shodieva.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech