26 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,9 °C

Xavfsizlik
31 Yanvar  2019 1391

Chet elga ketayotgan fuqaro gashish bilan qo‘lga tushdi

Joriy yilning 17-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportdan “Toshkent-Frankfurt” yo‘nalishi bo‘yicha 231-reysda uchmoqchi bo‘lgan, “qizil” yo‘lak orqali harakatlangan yo‘lovchi T.Maxmudov shaxsiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Uning jinsi shimining chap old cho‘ntagida yelim idish qopqog‘i borligi va shimining cho‘ntagi astar qismi to‘liq tekshirilganda 0,81 grammga teng bo‘lgan bir necha mayda bo‘laklardagi spetsifik xidga ega bo‘lgan, to‘q jigarrang, quruq holdagi o‘simlik moddasi borligi aniqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV EKMning ekspert xulosasiga ko‘ra, T.Maxmudovdan olingan modda tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjudligi aniqlandi. Bu “gashish” giyoxvand vositasi bo‘lib, uning og‘irligi 0,81 grammni tashkil etgan.

Ushbu holati yuzasidan T.Maxmudovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Z.Sultonov,

Islom Karimov nomidagi

Toshkent xalqaro aeroporti tergovchisi

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech