04 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,4 °C

Ijtimoiy hayot
29 Iyun  2020 233

Chet eldagi vatandoshlarimiz eʼtiborda

Oʻtgan hafta Rossiyadan 6 ta charter reysda 1 ming 767 nafar fuqaro olib kelindi.

Joriy yil 21-iyundan 27-iyungacha mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasi koʻmagida ushbu mamlakatdan 1 ming 767 nafar hamyurtimiz Oʻzbekistonga qaytarildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Bu vaqt oraligʻida Moskvadan ikkita (522), Yekaterinburg (267), Qozon (276), Novosibirsk (192) va Sankt-Peterburg (510) dan bittadan charter reys amalga oshirildi.

Mazkur reyslar orqali birinchi navbatda qariyalar, sogʻligʻidan shikoyati bor insonlar, homilador va yosh bolali ayollar Oʻzbekistonga qaytishdi.

Bundan tashqari, elchixona tomonidan oʻtgan bir haftada “Mehr” xayriya loyihasi doirasida moddiy jihatdan qiynalib qolgan 640 nafar vatandoshga bir martalik pul mablagʻlari toʻlab berildi. Moddiy koʻmakning umumiy miqdori 4 million 282 ming 340 rublni tashkil qildi.

Xalqaro tashkilotlar maʼlumotiga koʻra, 29-iyun holatida Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 634 ming 437 tani tashkil qilmoqda. Soʻnggi kunda 6 ming 791 nafar inson kasallikka chalingan. Karantin boshidan buyon 399 ming 87 kishi ushbu kasallikdan butkul tuzalgan. Vafot etganlar umumiy soni esa 9 ming 73 tani tashkil qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech