10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,7 °C

Dolzarb
3 Iyun  2020 387

Chet el fuqarosi uyidan foydalansa boʻladi

Rossiyada uy-joyga ega boʻlgan chet el fuqarosi boshqa xorijiy fuqaroni roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat berishi mumkin.

Rossiya Parlamenti uy-joyga ega boʻlgan chet elliklarga oʻz uyida xorijiy davlat fuqarolarini roʻyxatdan oʻtkazish huquqini beruvchi yangi qonunni qabul qildi.

Shu paytga qadar, chet el fuqarolari yuqori malakali mutaxassislardan tashqari boshqa chet el fuqarolarini yashash joyida yashash manzili boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishga haqli emas edi.

Endilikda chet el fuqarosi migratsion roʻyxatga olish organini xabardor qilgandan keyin chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga oʻz yashash joyini foydalanish uchun berishi mumkin.

Chet el fuqarosi kelgani toʻgʻrisidagi xabarnoma baʼzi holatlar istisno etilgan holda u kelgan kundan boshlab yetti ish kunida taqdim etilishi zarur.

Qonunchilikdagi ushbu oʻzgarish migrantlarning roʻyxatdan oʻtish jarayonini soddalashtirishi kutilmoqda, deb xabar beradi tashqi mehnat migratsiyasi Agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech