19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Mamlakatimizda
12 Fevral  2019 2345

Jizzax logotipi nimasi bilan g‘aroyib?

Toshkentdagi «Artógraph» dizayn studiyasi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi buyurtmasiga ko‘ra Jizzax viloyati brend-aydentika konsepsiyasining yangi variantini taqdim etdi.

Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, belgi chuqur semantik ma’noga ega. Jizzax viloyati belgisi va aydentikasi hududning ajralmas bir qismiga aylanib qolishi zarur.

Mualliflar viloyatning bitta logotipida to‘xtab qolmay, uni hududning yirik shaharlariga ham moslashtirishni, yagona uslub bilan har bir tumanning o‘z xususiyatini aks ettirishni taklif etmoqda. O‘z xususiy logotipiga ega bo‘lgan tumanlar ulardan o‘z maqsadlari yo‘lida, ya’ni aynan, shahar yoki tuman markaziga e’tiborni jalb qiluvchi marketing kommunikatsiyalarda foydalanishlari mumkin.

Taqdim etilgan belgining sifati borasida bahslashish, unga ishonmay, boshqa dunyo brendlari bilan taqqoslab ko‘rish ham mumkin, ammo u mamlakatimiz uchun yangilik, jasurona va noodatiydir. Balki o‘zimiz o‘rganib qolgan dunyoga ochiq eshik orqali yangicha nazar solishga turtki berar, ehtimol.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech