23 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,4 °C

Voqea-hodisalar
15 Iyul  2020 956

Chexiyada yoʻlovchi poyezd yuk poyezdi bilan toʻqnashdi

Chexiya temir yoʻl inspeksiyasining xabar berishicha, hodisa Pragadan sharq yoʻnalishidagi Cheski-Brod stansiyasi hududida sodir boʻlgan.

Qutqaruvchilarning soʻzlariga qaraganda, taxminan 60 nafar yoʻlovchi jarohat olgan.

Jabrlanganlar eng yaqin shifoxonaga yetkazildi, deb xabar beradi RIA Novosti Assoshiyeyted Press agentligi maʼlumotlariga tayanib.

Chexiya temir yoʻl agentligining taʼkidlashicha, poytaxtni mamlakatning sharqiy qismi bilan bogʻlovchi asosiy yoʻllar ertalabgacha yopiq boʻladi.

Hodisa sababini aniqlash boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilyapti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech