20 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,7 °C

Transport
8 Iyul  2020 1042

Charter reyslari jadvaliga oʻzgartirish kiritildi

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan soʻnggi ikki haftaga rejalashtirilgan charter reyslari jadvali qayta koʻrib chiqildi.

Amalga oshirilayotgan charter reyslari bajarilishi muntazamligini taʼminlash, ushbu jarayonda uchuvchilar va bort kuzatuvchilarining xavfsizligini taʼminlash, ekipaj aʼzolarini har bir reysdan soʻng kuchaytirilgan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda navbatdagi reysga qadar oʻz-oʻzini izolyatsiyalash,shuningdek, xorijiy davlatlar tomonidan parvozlarni amalga oshirishga qoʻyilayotgan vaqtinchalik cheklov choralaridan kelib chiqqan holda soʻnggi ikki haftaga rejalashtirilgan charter reyslari jadvali Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qayta koʻrib chiqildi.

6 – 19-iyul kunlariga belgilangan parvozlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

6-iyul Seul – Toshkent – Seul(Asiana airlines)

6-iyul Toshkent – Moskva – Toshkent (Uzbekistan Airways)

7-iyul Toshkent – Istanbul – Toshkent(Uzbekistan Airways)

8-iyul Toshkent – Seul – Toshkent(Uzbekistan Airways)

8-iyul Minsk – Toshkent – Minsk (Belavia)

10-iyul Seul – Toshkent – Seul(Korean airlines)

12-iyul Sankt-Peterburg – Toshkent – Sankt-Peterburg (Rossia)

13-iyul Seul – Toshkent – Seul(Asiana airlines)

13-iyul Toshkent – Moskva – Toshkent (Uzbekistan Airways)

15-iyul Moskva – Toshkent – Moskva(Ural airlines)

16-iyul Istanbul – Toshkent – Istanbul (Turkish airlines)

16-17-iyul Toshkent – Nyu-York – Toshkent (Uzbekistan Airways)

19-iyul Toshkent – Vladivostok – Toshkent (Uzbekistan Airways)

Epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan xorijiy davlatlardagi mamlakatimiz fuqarolarini Oʻzbekistonga olib kelish maqsadida talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda reyslar sonini sezilarli darajada koʻpaytirish choralari koʻriladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech