20 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Transport
15 Iyun  2020 634

Charter reyslar uchishda davom etyapti

Bugun Istanbuldan parvoz qilgan charter reys Toshkentga qoʻnadi. Hafta oxirigacha navbatdagi reys qoʻyiladi.

Bugun Istanbuldan samolyot bortiga chiqqan 253 nafar Oʻzbekiston fuqarolari va 14 turkiyalik mutaxassislar iborat Toshkentga uchib kelishi kutilmoqda, deb xabar beradi “Dunyo”AA.

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi xabariga koʻra, yurtimizga uchgan “Uzbekistan Airways” AJ samolyoti bortiga yosh bolali va homilador ayollar, nogironlar, shuningdek Turkiya klinikalarda davolangan bemor fuqarolarimiz kiritildi.

Mamlakatimiz Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlarga qaraganda, soʻnggi ikki hafta ichida uchta reys bilan 650 nafardan ortiq fuqarolarimiz Vatanga qaytishgan.

Yangi jadvalga koʻra, navbatdagi aviaqatnov joriy yilning 19-iyunida tashkil etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech