03 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,6 °C

Transport
18 Iyun  2020 274

Charter reyslar davom etadi

Ertaga, 19-iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar eʼlon qilindi. Quyidagi jadval boʻyicha parvozlar amalga oshiriladi:

Toshkent — Istanbul — Toshkent

Toshkent — Moskva — Toshkent

Toshkent — Istanbul — Toshkent

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar roʻyxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu roʻyxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Roʻyxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qoʻyiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin boʻladi.

Oʻzbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam boʻlmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Kecha Toshkent — Moskva — Toshkent charter reysi amalga oshirilgan edi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech