16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Bilasizmi?
7 Sentyabr  2019 373

Qo‘nish modulini yo‘qotganiga qaramay, «Chandrayan 2» missiyasi o‘z ishini davom ettiradi

Hindistonning kosmik tadqiqotlar tashkilotining xabar berishicha, missiyaning faqat 5 foizi yo‘qotilgan.

Hindistonning «Chandrayan 2» nomli Oy missiyasi «Vikram» qo‘nish modulining yo‘qotilganiga qaramay, Yerning tabiiy yo‘ldoshini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlarini davom ettiradi. Hindistonning kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) ekspertlarining jurnalistlarga aytishicha, ushbu missiyani omadsiz, deb baholab bo‘lmaydi. Negaki, ushbu orbital apparat Oy ustida yana bir yil davomida parvoz qiladi, deya xabar beradi RATA-TASS.

«Ushbu missiyaning faqat besh foizi - «Vikram» qo‘nish moduli va «Pragyan» oydayurari yo‘qotilgan. Ammo to‘qson besh foiz soz «Chandrayan 2» orbital apparati Oy orbitasida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda», deya ISRO vakillarining NDTV telekanaliga aytgan gaplari keltiriladi.

Kosmik idora vakilining ta'kidlashicha, oydayurar Yerning tabiiy yo‘ldoshida faqat 14 kun ishlashi, ammo orbital apparat esa bir necha oy davomida Oyni o‘rganishi va suratga tushirishi lozim bo‘lgan. Shuningdek, rejaga ko‘ra, «Chandrayan 2» ham suratga oladi va Oy yuzasiga tushirilgan apparat olgan suratlarni ISROga jo‘nata oladi. Bu esa u Yerda aslida nima sodir bo‘lganini anglashga yordam berishi aniq.

ISRO mutaxassislarining aytishicha, Hindiston ilk marta boshqa samoviy jismga apparatni qo‘ndirishga harakat qilgan va bundan olingan tajriba esa kelgusi missiyalarda, jumladan, Marsga parvozda ham, juda qo‘l kelishi mumkin.

 

Foto: m.news.yandex.bx

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech