29 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,3 °C

Xavfsizlik
8 May  2020 1175

«Captiva» bilan traktor to‘qnashuvi oqibatida...

Surxondaryo viloyatining  Qumqo‘rg‘on tumanida ayanchli natija bilan yakun topgan YTH sodir etildi.

2020-yil 3-may soat 16:30 da Qumqo‘rg‘on tumani Arslonboyli mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-596 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida 73 yoshli fuqaro «Captiva» rusumli avtoulovi bilan harakatlanib kelayotganida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan 34 yoshli fuqaroning boshqaruvidagi «T-28» rusumli traktor yo‘liga chiqib ketib yo‘l transport hodisasini sodir etgan.

Oqibatda «T-28» rusumli traktor yo‘lovchisi voyaga yetmagan 7-sinf o‘quvchisi 13 yoshli o‘spirin tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, 7 mayda shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech