15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Bilasizmi?
29 Oktyabr  2019 368

Buyuk Britaniyada baland tutun minorasiga tiqilib qolgan kishi vafot etdi

Buyuk Britaniyaning shimoli-g‘arbiy qismidagi Karlayl shahridagi baland tutun minorasiga tiqilib qolgan kishi vafot etdi, deya xabar beradi Kambriya politsiyasi ma'loumotiga tayangan RAA «Novosti».

Erkak kishi tutun minorasining eng yuqori qismida – dushanba kuni ertalab taxminan 88,3 metr balandlikda topilgan. Hodisaga guvoh bo‘lganlar tasvirga tushirgan va telekanalda uzatilgan videolavhalarda erkak kishining oyoqlari osmondan bo‘lib tiqilib qolgani aniq ko‘ringan. Uning qanday qilib u yerga chiqib, tiqilib qolgani haqida hyech qanday ma'lumot berilmagan.

«Biz, Karlayldagi baland tutun minorasi uchiga tiqilib qolgan va u yerdan tushirib olingan kishining vafot etganini tasdiqlashimiz mumkin, xolos», degan Kambriya politsiyasi vakili. Mazkur bayonot politsiyaning Twitter dagi akkauntida ham translyasiya qilingan.

Qayd etilishicha, qutqaruv amaliyotiga politsiya, o‘t o‘chiruvchilar, sohil qo‘riqchilari, tog‘ qutqaruvchilari, dronlar va vertolyotlar safarbar etilgan. Uni olib tushishga muvaffaq bo‘lishgan, biroq u vafot etgan. O‘lim sabablari haqida biror xabar keltirilmaydi.

Politsiyaning aytishicha:«Uning qanday qilib va nima uchun baland tutun chiqadigan minoraga tiqilib qolgani sabablarini aniqlash maqsadida tergov-surishtiruv ishlari zudlikda boshlab yuboriladi».

Dixon’s Chimney tutun chiquvchi minorasi sobiq Shaddon Mill paxta fabrikasi hududida joylashgan. Balandligi sabab tutun minorasi mahalliy diqqatga sazovor joylardan biriga aylangandi. Hozirda fabrika binosi o‘rnida dang‘illama uylar, boshqa qismida esa - Kambriya san'at instituti joylashgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech