28 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,6 °C

Transport
7 Iyul  2020 649

Buy Back qayta sotib olish tizimi endi Oʻzbekistonda

Buy Back dasturi – endi Oʻzbekistonda! Mahalliy avtobozor tarixida ilk bor isteʼmolchilarga AQSH va Yevropada oʻzini ijobiy tomondan koʻrsata olgan avtomobilni qayta sotib olish dasturi taklif etilmoqda. “UzAuto Motors”ning sinov loyihasida eng talabgir modellardan biri – Chevrolet Tracker MT qatnashadi.

2020-yil 31-avgustgacha istalgan shaxs, depozit sifatida Tracker umumiy qiymatining 30 foizini toʻlab, mashhur avtomobil rusumini sotib olishi va avtoni oʻsha kuniyoq olib ketishi mumkin. Keyin, ikki yil davomida avtomobil shartnoma narxining yana 30 foizi toʻlanadi, keyin esa (diqqat qiling!) mijozga toʻrtta yoʻldan birini tanlash imkoni beriladi:

  • 2020-yilda xarid qilingan Trackerni yangisiga yoki “UzAuto Motors”ning istalgan mavjud modeliga shartnomada koʻrsatilgan shartlarda almashtirish;
  • Qolgan summani kiritish va Trackerni oʻz tasarrufiga olish;
  • Trackerning qoldiq summasini yana bir yil davomida toʻlab borish;
  • Avtomobilni qaytarish va Tracker qiymatining 30 foizi miqdoridagi, shartnoma tuzilgan paytida kiritilgan depozitni qaytarib olish.

Shunday qilib, depozitga avtomobil qiymatining 30 foizinigina kiritib va ikki yil davomida oʻrtacha kuniga 137 700 soʻm sarflab, yangi Tracker avtomobilining barcha afzalliklaridan miriqib foydalanish va avvalgi modelni sotish bilan bogʻliq barcha muammolarni unutish mumkin boʻladi.

Buy Back dasturi doirasidagi Trackerning soʻmdagi shartnoma qiymati shartnoma amal qiladigan butun muddat davomida indeksatsiya qilinmaydi, inflyatsiya surʼatidan qatʼiy nazar, oʻzgarmas holda qoladi. Oylik toʻlovlar har yangi toʻlov bilan kamayib boradi, deb xabar beradi “Oʻzavtosanoat” AJ matbuot xizmati.

Xabarda shuningdek, “UzAuto Motors”, “Oʻzavtosanoat Lizing” va “Avtosanoat Invest”dan Buy Back dasturi haqidagi maʼlumotlarni +998 78 141-77-77, +998 97 701 83 18, +998 97 701 83 17, +998 97 701 83 16 telefon raqamlari orqali olish mumkinligi eslatiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech