24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,3 °C

Mamlakatimizda
15 Avgust  2019 331

Buxorolik yong‘in o‘chiruvchilar – O‘zbekiston chempioni

Navoiy shahrida Navoiy kon-metallurgiya kombinati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi mezbonligida Yong‘in o‘chirish amaliy sporti bo‘yicha O‘zbekiston Ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

 

Jamoalar ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minoraning 4-qavatiga ko‘tarilish, 4x100 metrli yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish va yong‘in o‘chirish avtomobili orqali jangovor yoyilish shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishdi.

NKMK Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hududida chempionatning 1-turi – ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minoraning 4-qavatiga ko‘tarilish sharti o‘tkazildi. Unda Qashqadaryo terma jamoasi 1-o‘rin, Navoiy terma jamoasi 2-o‘rin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Yong‘in o‘chirish avtomobili orqali jangovor yoyilish yo‘nalishida Toshkent shahri terma jamoasi birinchi, Namangan terma jamoasi ikkinchi va NKMK Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi terma jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Mamlakatimiz birinchiligining uchinchi kuni ya'ni, 10 avgust kuni ishtirokchilar 100 metrga to‘siqlar osha yugurish sharti bo‘yicha o‘zaro belashdilar. Unga ko‘ra, Andijon terma jamoasi 1-o‘ringa, Buxoro terma jamoasi 2-o‘ringa va NKMK Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi terma jamoasi 3-o‘ringa sazovor bo‘lishdi.

Barcha shartlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, Buxoroliklar O‘zbekiston chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘lishdi. Qashqadaryo va Navoiy jamoalar keyingi o‘rinlarga loyiq topildi.

G‘olib va sovrindorlarga diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech