22 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,7 °C

Xalqaro munosabatlar
1 Aprel  2019 1273

Buxoroda Turkiya sog‘liq bilimlari universiteti filiali va klinikasi ochiladi

Mamlakatimizga Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti rektori, professor Jevdet Erdol boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Qayd etish joizki, 1903-yilda tashkil etilgan mazkur universitet Turkiyadagi yagona ixtisoslashgan tibbiyot universiteti, shuningdek, yevropaning yetakchi ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Delegatsiyaning O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning tibbiyot oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirok etgan muloqotda tibbiy ta'lim sohasida aloqalarni yanada kengaytirish va rivojlantirish, hamkorlikda ilmiy-ma'rifiy tadbirlarni o‘tkazish imkoniyatlari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlari hamda Turkiya Sog‘liq bilimlari universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi. Jumladan, tomonlar bakalavr va magistrantlarning akademik almashinuvini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar va doktorantlar uchun malaka oshirish, turk universitetining filiali bazasidagi shifoxonalarda yozgi amaliyot o‘tash va qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish borasida qator kelishuvlarga erishdi.

Bundan tashqari, 2019/2020-o‘quv yilida Buxoro davlat tibbiyot instituti bazasida Turkiya Sog‘liq bilimlari universiteti qoshidagi Oliy tibbiyot maktabining filialini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Buxoro davlat tibbiyot instituti hududida mazkur tibbiyot universitetining klinikasi ham ochiladi. Ta'kidlash joizki, ikki tibbiyot oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik o‘tgan yildan buyon izchil rivojlanmoqda. Talabalar va o‘qituvchilarning ilmiy almashinuvi borasida faol ish olib borilayotir. Hozirga kelib, ana shu hamkorlik samarasi o‘laroq Buxoro davlat tibbiyot institutining 40 nafardan ziyod professor-o‘qituvchi va talabalari Turkiyada ta'lim oldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech