03 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,8 °C

Salomatlik
22 May  2020 304

Buxoroda soʻngi sogʻaygan bemor — 6 yoshli qizaloq

Namanganda 5 nafar, Samarqandda 24, Buxoroda esa oxirgi ikki nafar bemor bemor sogʻaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Namanganda sogʻayib chiqqanlarning 3 nafari erkak, 2 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 84 yoshda boʻlsa, eng kichigi 48 yoshda.

Namanganda sogʻayganlarning soni 224 nafarga yetdi.

Samarqandda sogʻayganlarning 11 nafari erkak, 13 nafari esa ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 51 yoshda boʻlsa, eng kichigi 2019-yilda tugʻilgan. Samarqandda endilikda sogʻaygan bemorlarning soni 202 nafarga yetdi.

Buxoroda reabilitatsiyaga kuzatilgan 2 nafar inson hozircha ushbu hududdagi koronavirus infeksiyasiga chalingan soʻngi bemorlar sanaladi. Biri 53 yoshdagi ayol boʻlsa, ikkinchisi esa 6 yoshli qizaloq.

Shunday qilib, Buxoroda davolanayotgan 442 nafar bemorning barchasi butunlay darddan forigʻ boʻldi.

Ayni paytda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 2 438 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech