19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

Mamlakatimizda
9 Oktyabr  2019 351

Buxoroda Italiya universiteti bilan hamkorlikda olimpiada bo‘ladi

13-oktabr kuni Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Buxoro davlat universiteti va Italiyaning Piza universiteti hamkorligida “Ochiq matematika olimpiadasi” o‘tkaziladi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.

Ushbu olimpiadada mamlakatimiz umumta'lim maktablarining 7-11-sinf, akademik litseylarning 1-2-bosqich va kasb-hunar kollejlarining 3-bosqich o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

Olimpiadada 5 ta masala beriladi va har bir masala 7 ballik tizimda baholanadi. Ishtirokchilarga masalalarni yechish uchun 4 soat beriladi.

Olimpiada uchun topshiriqlar (yozma ishlar) Xalq ta'limi vazirligining Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti, Buxoro davlat universiteti va Italiyaning Piza universiteti mutaxassislari hamkorligida tuziladi.

Ishtirokchilar orasidan “o‘ziga xos yechim”, “eng yaxshi g‘oya” va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech