02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,9 °C

Xavfsizlik
26 Mart  2020 268

Buxoroda firibgar «quruvchi» qo‘lga olindi

Romitanlik 32 yoshli tadbirkor firibgarning nazariga tushganidan bexabar edi.

Firibgar «quruvchi» tadbirkorning ishonchiga kirib, unga quruvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishini, Buxoro shahri hududida ko‘p qavatli uylar qurayotganligini «hikoya qilib beradi».Asl maqsadi esa boshqacha edi.

2019-yil iyun avgust oyilarida firibgarning Romitan tumanidagi tadbirkorga tegishli savdo do‘koniga kelib, jami 182 500 000 so‘mlik metall mahsulotlarini olib, ularni pulini bermasdan, boshqa shaxslarga sotib, pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi keyinchali ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Quruvchi niqobidagi fuqaro shu modda bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech