10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,7 °C

Salomatlik
11 May  2020 3343

Buxoro va Fargʻona — “yashil”ga bir qadam

Bugun Namanganda 16 nafar, Buxoroda 23 nafar, Samarqand va Fargʻonada 25 nafar, jami 64 nafar bemor butunlay sogʻaydi.

Namangan tuzalganlarning 3 nafari erkak, 13 nafari ayollar boʻlib, eng yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi esa 3 yoshli qizaloq.

Namanganda shu paytga qadar 195 nafar bemor sogʻaygan.

Buxoroda shifo topganlarning 13 nafari erkak, 10 nafari ayol boʻlib, eng yoshi kattasi 50 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 20 yosh.

Buxoroda shu paytga qadar 427 nafar bemor sogʻaygan boʻlib viloyat koronavirusdan holi hudud maqomini olishga juda yaqin turibdi.

Samarqand viloyatida 14 nafar, Fargʻona viloyatida 11 nafar, jami 25 nafar bemor butunlay sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Samarqandda tuzalganlarning 8 nafari erkak, 6 nafari ayol boʻlib, ular orasida eng yoshi kattasi 70 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 8 yoshda.

Samarqandda ayni paytga qadar 94 nafar bemor tuzalgan.

Fargʻonada tuzalgan bemorlarning barchasi erkak boʻlib, ular orasida eng yoshi kattasi 45 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 28 yoshda.

Fargʻonada shu paytga qadar 150 nafar bemor tuzalib chiqqan.

Shunday qilib, ushbu viloyat koronavirusdan holi hudud maqomini olishga juda yaqin turibdi.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar soni 1 945 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech