26 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -1,4 °C

Salomatlik
29 Aprel  2020 4905

Buxoro uch yuzinchi marrani egalladi

Bugun mamlakatimizning turli hududlaridan bemorlar shifo topayotganlari haqida yangi xushxabarlar kelyapti. 

Farg‘onada 2 nafar, Buxoroda 11 nafar, Qoraqalpog‘istonda 12 nafar, Namanganda 11 nafar Xorazmda esa bir yo‘la 27 nafar, shuningdek Sirdaryoda 4 nafar bemor koronavirus balosidan qutuldi.

Farg‘ona viloyatida sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilganlarning ikkalasi ham erkak, 1 nafari (65 yoshda) Samarqand viloyatidan bo‘lib, Turkiyadan kelgan, yana 1 nafari (54 yoshda) farg‘onalik, Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach shifoxonaga yotqizilgan.

Farg‘onada shu paytga qadar 61 nafar bemor sog‘ayib chiqdi.

Buxoroda shifo  opgan 11 nafar bemorning barchasi Rossiyadan  charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ularning barchasi erkak bo‘lib, 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 3 nafari Toshkent shahridan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatidan 2 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yosh.

Buxoro viloyati sog‘aygan bemorlar soni bo‘yicha bugun uch yuzinchi marrani egalladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sog‘ayganlarning barchasi Qoraqalpog‘istondan (7 nafari Nukus shahridan, 3 nafari Qo‘ng‘irot tumanidan, Mo‘ynoq va Qonliko‘l tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 67 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2018-yilda tug‘ilgan. Laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi.

Ayni paytga qadar Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 62 nafar bemor tuzalgan.

Namanganda sog‘ayganlarning barchasi Namangandan (9 nafari Namangan shahridan, Uchqo‘rg‘on va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, 2 nafari Turkiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 7 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 67 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda.

Namanganda shu paytga qadar 72 nafar bemor tuzalgan.

Xorazmda sog‘ayganlarning barchasi 22 martda Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Ulardan 22 nafari erkak, 5 nafari ayol kishi bo‘lib, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridan 5 nafardan, Jizzax va Andijon viloyatlaridan 3 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo  va Farg‘ona viloyatlaridan 2 nafardan, Toshkent, Namangan viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Xorazm viloyatidan ayni paytga qadar 121 nafar bemor butkul sog‘aygan.

Sirdaryoda sog‘ayganlarning barchasi erkak bo‘lib, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 3 nafari Qozog‘iston Respublikasidan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 33 yoshda.

Hozirga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 1059 nafarga yetdi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech